"Kitob o'qish soati"
“Dunyodagi har qaysi davlat, har qaysi xalq birinchi navbatda o’zining intellektual salohiyati, yuksak ma’naviyati bilan qudratlidir. Bunday yengilmas kuch manbai esa insoniyat tafakkurining buyuk kashfiyoti – kitob va kutubxonalarda”.
Kitoblar manbalar va yangi bilimlarning haqiqiy xazinasidir. Shuningdek, ular hozirgi paytdagi turli xildagi o‘quv kurslari ta’limidan ancha arzon hisoblanadi. Qanchalik ko‘p kitob o‘qigani sari insonning zukkoligi va teran fikrlash qobiliyati shunchalik oshib boradi. Shu bilan birga, inson turli mavzularda qanchalik ko‘p kitob o‘qisa, o‘z bilimini oshirishi bilan bir qatorda, o‘zaro muloqot qilish san’atini ham yaxshi egallaydi. Aholiga axborot-kutubxona xizmat ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish "Kitobsevar millat" umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish maqsadida 18 aprel kuni Zomin tumani axborot-kutubxona markazining ko'chma kutubxona mutaxassislari Z. Azimova, G.Fayzullayeva hamda S.Muxtorova "Kitob ma'naviyat poydevori" mavzusida Zomin tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurib yosh kitobxon o'quvchilarga kutubxonaga kelgan yangi adabiyotlar bilan kitob o'qish soati tashkil etildi. Kitobxon o'quvchilar kutubxonaga a'zo qilindi.