"Kitob o'qish soati"
Agar yolg’iz esang, hamdam kitobdur,
Bilim subhidagi nur ham kitobdir.
Abduraxmon Jomiy
Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish "Kitobsevar millat" umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish maqsadida 29 mart kuni Zomin tumani axborot-kutubxona markazining ko'chma kutubxona mutaxassislari Z. Azimova, G.Fayzullayeva hamda X.Mirzayevalar "Kitob ma'naviyat poydevori" mavzusida Zomin tumani Yoshlar ittifoqida joylashgan ko'chma kutubxonasiga tashrif buyurib kitobxon o'quvchilari bilan birgalikda davra suhbati o'tkazildi. Davra suhbatida yosh kitobxonlarga kutubxonaga kelgan yangi adabiyotlar bilan tanishtirib hamda kitob o'qish soati tashkil etildi. Kitobxon o'quvchilar kutubxonaga a'zo qilindi.