"Kitob o'qish soati"
Mushohada yuritmay turib, qancha ko’p o’qisangiz, shuncha ko’p bilayotganga o’xshayverasiz, agar o’qiyotganda qanchalik ko’p mushohada yuritsangiz, shu qadar oz narsa bilishingizni aniqroq his etasiz.
F. Volter
Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish "Kitobsevar millat" umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish maqsadida 16 fevral kuni Zomin tumani axborot-kutubxona markazining ko'chma kutubxona mutaxassislari Z. Azimova, D.Artiqova hamda D.Alibekovalar "Kitob ma'naviyat poydevori" mavzusida Zomin tumani Yoshlar markazida joylashgan "Lider" òquv markaziga tashrif buyurib kitobxon o'quvchilarga kutubxonaga kelgan yangi adabiyotlar bilan tanishtirilib kitob o'qish soati tashkil etildi. Kitobxon o'quvchilar kutubxonaga a'zo qilindi.
Kitob o‘qiydigan odamning so‘z boyligi katta bo‘ladi. Chunki kitob o‘qilganda kishi oddiy kundalik hayotda ishlatilmaydigan so‘zlarni ham uchratadi. bu so‘zning ma’nosini lug‘atdan izlash ham shart emas, zero kitob umumiy mazmunidan so‘zning ma’nosi ham kelib chiqadi. Shu tariqa kitob o‘qing nafaqat so‘z boyligini orttiradi, balki inson bilimini ham orttiradi.