"Kitob o'qish soati"
Mushohada yuritmay turib, qancha ko’p o’qisangiz, shuncha ko’p bilayotganga o’xshayverasiz, agar o’qiyotganda qanchalik ko’p mushohada yuritsangiz, shu qadar oz narsa bilishingizni aniqroq his etasiz.
F. Volter
Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish "Kitobsevar millat" umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish maqsadida 4 yanvar kuni Zomin tumani axborot-kutubxona markazining ko'chma kutubxona mutaxassislari Z. Azimova, G.Fayzullayeva hamda X.Mirzayevalar "Kitob ma'naviyat poydevori" mavzusida Zomin tumani sport maktabida joylashgan ko'chma kutubxonasiga tashrif buyurib kitobxon o'quvchilarga kutubxonaga kelgan yangi adabiyotlar bilan kitob o'qish soati tashkil etildi. Kitobxon o'quvchilar kutubxonaga a'zo qilindi.