"Kitob o'qigan insonning qanoti bor!"
Kitoblar qalbimizni ilitadi, ko'nglimizni yoritadi, baxtli va saodatli, nurli kunlarga boshlaydi. Soʻnggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan kitob mutolaasi muhimligi, yoshlar, rahbarlar orasida bu fazilatni targʻib qilish haqida koʻp bora taʼkidlanmoqda. Amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy izchil islohotlar jarayonida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Aslida ham, kitob va kitobxonlik insonlar ong-tafakkurini teranlashtirib, qalbiga eng goʻzal ezgu niyatlarni joylaydigan, ularni yaxshiliklar olamiga yetaklaydigan maʼnaviyat sarchashmasidir. Shuning uchun har doim kitob oʻqishga ehtiyojimiz bor. Shu jumladan Zomin tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan joriy yilning 26 iyun sanasida Zomin istirohat bog'ida yoshlar o'rtasida "Kitob o'qigan insonning qanoti bor!" mavzusida kitob targ'iboti o'tkazildi. Kitob targ'ibotida barcha yoshlar o'zlari qiziqqan kitoblari haqida ma'lumotlarni olishdi. Mamlakatimizda yoshlarning kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini oshirish, aholining kitobxonlik koʻnikmasini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini internet tarmoqlariga joylashtirish va keng targʻib qilish ishlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.