“Kitob mutolaasi ma’naviyat ozuqasidir”
Joriy yilning 23-dekabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Yoshlar ishlari agentligi binosida “Kitob mutolaasi ma’naviyat ozuqasidir” mavzusida kitob ko'rgazmasi tashkil etildi. Kitob ko'rgazmada kitobxon yoshlar mutolaaning inson ruhiyatiga ijobiy ta'siri, hayotiy muammolarga echim topishdagi yordami haqida ma'lumotlar berildi. Kitob o‘qiydigan odamning so‘z boyligi katta bo‘ladi. Chunki kitob o‘qilganda kishi oddiy kundalik hayotda ishlatilmaydigan so‘zlarni ham uchratadi. Bu so‘zning ma’nosini lug‘atdan izlash ham shart emas, zero kitob umumiy mazmunidan so‘zning ma’nosi ham kelib chiqadi. Shu tariqa kitob o‘qigag inson nafaqat so‘z boyligini orttiradi balki bilimini ham orttiradi. Kitob o‘qish boshqa odamlar bilan muloqot qilishga yordam beradi.