"Kitob mutolaasi- ma'naviy yetuklik kaliti"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi yoshlarning kitobga qiziqishini oshirish, mutolaa zavqini uyg‘otish, mahalla va har bir oilada kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida ta’lim muassasalari, kitob savdosi, yarmarka, uchrashuv va davra suhbatlari uyushtirmoqda. Bugun Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi hodimlari G.Fayzullayeva va N.Jo'rayeva Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatlik texnikumiga tashrif buyurishdi hamda kitob targ'iboti tashkil etildi. Kutubxona bilan hamda kutubxonadagi qiziqarli kitoblar olami bilan tanishtirishdi.
https://telegra.ph/Kitob-mutolaasi--manaviy-yetuklik-kaliti-09-22