"Kitob-millatning bebaho va ma'naviy merosi"
2025-yil 25--aprel sanasida "Ozbekiston - kitobxonlar yurti " shiori ostida V Respublika "KITOBHONLIK HAFTALIGI" doirasida Zomin tuman axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi munosabati bilan 75- umumta'lim maktab o'quvchilari ishtirokida "Kitob-millatning bebaho va ma'naviy merosi" nomli tadbir bo'lib o'tdi. Tadbir davomida S.Muxtorova so‘zga chiqib, Muhammad Yusufning hayoti va ijodiga to‘xtaldi. Jumladan shoirning o‘ziga xos sodda va xalqchil ijodi, uning har bir she’ri yuragimizdan chuqur o‘rin olganligini ta’kidladi.Shundan soʻng oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan, shoirning hayoti va ijodi hamda yuksak insoniy fazilatlari bilan birga yoshlik sururi, va muhabbatning nafis navolari ifodasini topgan sheʼrlari, shoirning qalamiga mansub qoʻshiqlar hamda raqslar oʻquvchilar tomonidan xavola etildi.