"Kitob- millatning bebaho va ma'naviy merosi"
Jizzax viloyati Zomin tuman Axborot-kutubxona markaziga, viloyat hokimi Ergash Soliyev tomonidan beg'araz 527 nusxa 263 nomdagi kitoblar sovg'a qilindi. Shu munosabat bilan 2022 yil Zomin tumani Axborot-kutubxona markazida yangi kelgan badiiy adabiyotlar jamlanmasi bilan "Kitob- millatning bebaho va ma'naviy merosi" nomli kitob ko'rgazmasi tashkil qilindi. Fondlarga ishlov berish va to'ldirish hodimlari "Kitob- millatning bebaho va ma'naviy merosi" mavzusida kitob kòrgazmasida Kattabog' MFY aholisi faol qatnashdi. Xalqimizda "Ko'p o'qigan- ko'p biladi" degan gap bor. Ayniqsa bilim yoshlikda egallansa, toshga o'yilgan naqsh kabi ongu qalbga muhrlanadi. Darhaqiqat kitoblar olami insoniyatning nafaqat ma’naviy – ma’rifiy qarashlari, balki ongu tafakkurini, dilidagi ezgu xislatlarini, yaxshilikka yondoshgan fikru oylarini, orzu-umidlarini birlashtirib, hayot maydonining eng yuksak cho`qqisiga chorlab turadigan porloq mash’alaga oxshaydi. Uning har-bir sahifasi izlanishga, intilishga yangiliklar yaratishga chorlaydi.
https://telegra.ph/Yangi-kelgan-adabiyotlarKitob--millatning-bebaho-va-manaviy-merosi-02-01