"Kitob -mening dòstimsan"
Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Maktabgacha va maktab ta'limi bòlimi tasarrufidagi 3-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti va Zomin tumani axborot- kutubxona markazi hamkorligida bolajonlarning kitobga bòlgan qiziqishlarini,muhabbatlarini òstirish maqsadida "Kitob -mening dòstimsan" shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Tadbir munosabati bilan markazning jonkuyar hodimlari bolajonlarni bir biridan ajoyib kitoblar bilan tanishtirish bilan birga kitoblarning hayotimizdagi òrni nechoģliq muhim ekanligi tòģrisida ham fikr-mulohazalarini berishdi.
Bundan tashqari bolajonlar axborot - kutubxona markazi faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi.Tadbir bolajonlar tomonidan tayyorlab borilgan kuy-qòshiqlarga ulanib ketdi.Bu tadbirni ham ma'rifiy ham madaniy tadbir bòldi desak mubolaģa bòlmaydi.Tadbir sòngida bolajonlarga esdalik sovģalari taqdim etildi.Bolajonlar olam- olam quvonch bilan MTTga qaytishdi