“Kitob ma'naviyat va marifat ko'zgusidir”.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 14-dekabrdagi 781-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi hamda O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax mintaqaviy o'quv markazi bilan hamkorlikda “Kitob ma'naviyat va marifat ko'zgusidir” nomli badiiy-musiqiy kecha tashkil qilindi. Ma'naviyat va marifat badiiy-musiqiy kechada 15-umum ta'lim maktabi o'qituvchilari va o'quvchilari hamda 60-umum ta'lim maktabida joylashgan "Kasb-xunar" maktabi o'qituvchi va o'quvchi yoshlari o'z musiqiy chiqishlari bilan musiqiy kechada faol qatnashdi. Musiqiy kechada Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari o'z saxna ko'rinishlari chiroyli kuy qo'shiqlari hamda kitob ko'rgazmasi bilan ishtirok etishdi. Tadbirda faol qatnashgan Milliy gvardiya Jizzax mintaqaviy o'quv markazining hodimlari hamda iqtidorli o'quvch yoshlar Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. Musuqiy kecha chiroyli va maroqli bo'ldi.
https://telegra.ph/Kitob-manaviyat-va-marifat-kozgusidir-05-19