"Kitob ma'naviyat poydevori"
“Dunyodagi har qaysi davlat, har qaysi xalq birinchi navbatda o’zining intellektual salohiyati, yuksak ma’naviyati bilan qudratlidir. Bunday yengilmas kuch manbai esa insoniyat tafakkurining buyuk kashfiyoti – kitob va kutubxonalarda”.
Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish "Kitobsevar millat" umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish maqsadida 20 dekabr kuni Zomin tumani axborot-kutubxona markazining ko'chma kutubxona mutaxassislari Z. Azimova, G.Fayzullayeva hamda X.Mirzayevalar "Kitob ma'naviyat poydevori" mavzusida Zomin tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatida joylshgan ko'chma kutubxonasiga tashrif buyurib kitobxon o'quvchilarga kutubxonaga kelgan yangi adabiyotlar bilan kitob o'qish soati tashkil etildi. Kitobxon o'quvchilar kutubxonaga a'zo qilindi.