“Kitob – ma’naviyat manbai” mavzusida ochiq osmon ostida kitob ko‘rgazma
“Kitob – ma’naviyat manbai” mavzusida ochiq osmon ostida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi
Joriy yilning 22-aprel sanasida “Kitob – ma’naviyat manbai” mavzusida ochiq osmon ostida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari faol ishtirok etib, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, yoshlar qalbida mutolaa madaniyatini shakllantirish borasida targ‘ibot ishlarini olib bordilar.
Ko‘rgazmada turli yo‘nalishdagi badiiy, ilmiy-ommabop hamda bolalar adabiyotlari namoyish etildi. Tashrif buyuruvchilar o‘zlariga manzur kitoblarni varaqlab ko‘rib, ularning mazmuni bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbir davomida ishtirokchilar bilan suhbatlar o‘tkazilib, kitob mutolaasining ahamiyati haqida fikr almashildi. Ayniqsa, yoshlarning faol ishtiroki ko‘rgazmaning yanada mazmunli o‘tishiga xizmat qildi.
Mazkur ko‘rgazma aholi o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.