Kitob - ma'naviy ozuqa manbayi
Joriy yilning 19-mart sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 42-o'rta maktab o'quvchilariga "Kitob- ma'naviy ozuqa manbayi" nomli kutubxonaga sayohat uyushtirildi. Har bir inson o'z vaqtini unumli , foydali o'tkazish, ma'naviy saviyasini oshirish maqsadida kitoblar, badiy adabiyotlar bilan oshno tutunadi, hordiq chiqaradi. Sayohat davomida o'quvchilarga kutubxonadagi mavjud adabiyotlar bilan tanishtirilib o'tildi hamda kutubxonaga qay tartibda a'zo bo'lish to'g'risida ma'lumotlar berilib o'tildi.