"Kitob-ma'naviy meros".
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 14/1-1466 XFU topshirig'i hamda Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonaning 2022-yil 14-iyundagi 83-son buyrug'i asosida yozgi taʼtil davomida oʻquvchilarni boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, kelajak avlodni mutolaaga oshno qilish, ularda adabiy immunitetni shakllantirish hamda bolalar o‘rtasida kitobxonlik ma'daniyatini yanada oshirish maqsadida joriy yilning 4 avgust kuni Zomin tuman "Istiqlol" bolalar oromgohida Zomin tuman Axborot-kutubona markazi ko'chma kutubxona xodimlari I. Alibekova, Z.To'rayeva tomonidan "Istiqlol" oromgohida tashkil qilingan “Kitob-ma'naviy meros" mavzusida kitob ko'rgazmasi tashkil qilinib, “Tarbiya kitobi”, “Gulliverning sayohatlari”, “U kim bu nima”, "Sariq devni minib", “Bolalar uchun jonivorlar ensiklopediyasi”, nomli ensiklopedik kitoblarining targ`iboti o`tkazildi va o`quvchi yoshlarning qiziqishlari, qaysi kitobni o`qishni xohlayotganliklari o`rganildi. Kitob ko'rgazmasi qiziqarli va mazmunli o'tdi.