Kitob ko'rgazmasi.
O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya Jizzax mintaqaviy o'quv markazida Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxxasislari kitob yarmarkasi tashkil etishdi. Kitob mutolaasi va kitobxonlik ma'daniyatini yuksaltirish maqsadida o'tkazilgan tadbirda badiiy va ommabop adabiyotlar sotuvga qo'yildi. Yarmarka ishida “Adolat”, “G'afur G'ulom” nashriyotlari tomonidan chop etilgan o'zbek va jahon adabiyotining sara asarlari namoyish etildi. Shuningdek, yuridik sohaga oid qo'llanmalar ham haridorgir kitoblar qatoridan o'rin oldi.