Kitob ko'rgazma."Kitobning mohiyati mangudir…"
Kitobning mohiyati mangudir… Bu mohiyat – tafakkurni abadiylashtiradi.
L.N Tolstoy
2024-yil 19 aprel kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari "Kitobning mohiyati mangudir… Bu mohiyat – tafakkurni abadiylashtiradi" mavzusida kitob ko'rgazmasini Zomin tuman Yoshlar ittifoqi binosi oldida tashkil etidi. Kitob ko'rgazmada kitobxon yoshlar mutolaaning inson ruhiyatiga ijobiy ta'siri, hayotiy muammolarga echim topishdagi yordami haqida ma'lumotlar berildi. Kitob o‘qiydigan odamning so‘z boyligi katta bo‘ladi. Chunki kitob o‘qilganda kishi oddiy kundalik hayotda ishlatilmaydigan so‘zlarni ham uchratadi. Bu so‘zning ma’nosini lug‘atdan izlash ham shart emas, zero kitob umumiy mazmunidan so‘zning ma’nosi ham kelib chiqadi. Shu tariqa kitob o‘qigan inson nafaqat so‘z boyligini orttiradi, balki bilimini ham orttiradi. Kitob o‘qish insonni dadillashtiradi. Kitob o‘qigan insonning o‘ziga ishonchi kattaroq bo‘ladi. Chunki kitobdan olgan ilmlari unga madad beradi. Atrofingizdagi olamlarda esa siz haqingzda yaxshi tasavvur uyg‘onadi. Bu esa sizni yanada jur’atli qiladi.
Mushohada yuritmay turib, qancha ko’p o’qisangiz, shuncha ko’p bilayotganga o’xshayverasiz, agar o’qiyotganda qanchalik ko’p mushohada yuritsangiz, shu qadar oz narsa bilishingizni aniqroq his etasiz.
Volter
https://telegra.ph/Kitob-korgazmaKitobning-mohiyati-mangudir-04-19