Kitob ko'rgazma
Joriy yilda 19-aprel sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan kitobxonlikni targ‘ib etish maqsadida mazmunli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada turli mavzulardagi badiiy, ilmiy va ma’rifiy adabiyotlar namoyish etilib, kitobsevarlar uchun yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi. Tadbir davomida ishtirokchilar mutolaaning ahamiyati, kitobning inson kamolotidagi o‘rni haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.