Kitob ko'rgazma
Kitob, shak-shubhasiz, insoniyat tomonidan yaratilgan buyuk mo‘jizalardan biri. Ilmiy va badiiy kitoblar insonning intellektual va ma’naviy yuksalishiga xizmat qiladi. Kitob mutolaasi, kitobxonlik esa hamma zamonlarda ham qadrlanib, e’zozlangan an’analardandir. Bugun 2025-yil 1-may kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Mustaqillik" mahallasida kitobxonlar ishtirokida yangi adabiyotlar ko'rgazmasi tashkil qilindi. Ko‘rgazma davomida kitobxonlarga tumanimizda joylashgan axborot-kutubxona markazi haqida ma'lumotlar berildi hamda ko'rgazmaga qo'yilgan yangi adabiyotlar yaqindan tanishtirildi. Ko‘rgazmada 30 nafar ishtirokchi ishtirok etdi