"Kitob kelajakdan xabar berguvchidir".
Kitob — fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbayi bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘tabar va muqaddas hisoblaydi. Joriy yilning 19 iyul kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish bo'limi mutaxassislari hamda ko'chma kutubxona hodimlari bilan birgalikda "Siz ham kitob o'qiysizmi" loyihasi asosida Zomin tuman Soliq inspeksiyasining Ko'chma kutubxonasiga tashrif buyurib kitobxonlikni keng targ’ib qilish, kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida 30 nomdagi yangi adabiyotlar o’qilgan kitoblarga almashtirilib kelindi. Targ’ibot davomida axborot-kutubxona markazining ko'chma kutubxona xodimilari tomonidan kutubxonaga kelgan yangi adabiyotlar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tildi. Soliq inspeksiya hodimlariga kutubxona fondi, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar va barcha qulayliklar, badiiy adabiyotlar hamda elektron o'quv qo'llanma va darsliklar haqida batafsil ma'lumotlar berib o'tildi.
https://telegra.ph/Kitob-kelajakdan-xabar-berguvchidir-07-19