"Kitob — insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbaidir"
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashishtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5040-son qarori ijrosini ta'minlash bo'yicha 1-iqtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi Ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchisi Abdusattor Sodiqov hamda Jizzax viloyati Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari "Kitob — insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbaidir" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatga taklif etilgan Abdusattor Sodiqov hodimlarga o‘zining boy tajribalaridan kelib chiqqan holda fikr va mulohazalarini bildirdilar. Tashkil etilgan davra suhbati anchagina jonli va bahs munozaralarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.