"Kitob hayotning so'nmas chirog'i"
#Koʼrgazma
Kitob, shak-shubhasiz, insoniyat tomonidan yaratilgan buyuk mo‘jizalardan biri. Ilmiy va badiiy kitoblar insonning intellektual va ma’naviy yuksalishiga xizmat qiladi. Kitob mutolaasi, kitobxonlik esa hamma zamonlarda ham qadrlanib, e’zozlangan an’analardandir. Bugun 2025-yil 10-oktyabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari ishtirokida "Kitob hayotning so'nmas chirog'i" nomli yangi adabiyotlar ko'rgazmasi tashkil qilindi.
Ko‘rgazma davomida kitobxonlarga axborot-kutubxona markazi haqida ma'lumotlar berildi hamda ko'rgazmaga qo'yilgan yangi adabiyotlar yaqindan tanishtirildi. Ko‘rgazmada 10 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.