"Kitob hayotning eng olis va qorongʻu yoʻllariga nur baxsh etgan afsonaviy chiroqdir" kitob ko'rgazma.
Kitob hayotning eng olis va qorongʻu yoʻllariga nur baxsh etgan afsonaviy chiroqdir.
Andrey Upit
Kitob – inson ma’naviyati va dunyoqarashini yuksaltiruvchi muhim manbaa hisoblanadi. Kitob o‘qigan inson mulohazali, bilimli bo‘lib, yuksak tafakkuri ila boshqalardan o‘zining dunyoqarashi va fikrlashi bilan ajralib turadi. Kitob bilan oshno inson yaxshi inson bo‘lib ulg‘ayadi. Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan kutubxonaga kelgan TURKIY ADABIYOT DURDONALARI dan foydalangan holda Yoshlar ittifoqi binosida "Kitob hayotning eng olis va qorongʻu yoʻllariga nur baxsh etgan afsonaviy chiroqdir" mavzusida kitob ko'rgazmasi tashkil etildi. Yaxshi kitob meva berib, boshqa kitoblarning tug‘ilishiga olib keladi, uning shon- shuhrati asrlardan-asrlarga o‘tib, uni mutolaa qilish kitobxonlar hayotidagi butun bir davrni tashkil etadi. Kitob ko'rgazmasida kitobxonlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi va ularning ism familyalari kutubxonadagi kitobxonlar daftariga qayt etildi.