"Kitob – hayotni yaratuvchi murabbiydir"
2024-yil 24-iyul kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko’rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish maqsadida "Kitob – hayotni yaratuvchi murabbiydir" mavzusida Zomin istirohat bog'ida kitob targ'ibot ishlari olib borildi. Aholi va "Qayirma" MFY da istiqomat qiluvchi faol kitobxonlar bilan suhbat o'tkazildi. Sohibqiron Amir Temur taʼbiri bilan aytganda, “Kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni yaratuvchi murabbiydir”. Barcha kitoblar milliy oʻzligimiz hamda umuminsoniy qadriyatlarni targʻib etishga xizmat qiladi.
https://telegra.ph/Kitob--hayotni-yaratuvchi-murabbiydir-07-24