Kitob – hayotni yaratuvchi murabbiydir
Dunyoni faqat ilm bilan zabt etish mumkinligi bugungi kunda hech kimga sir emas. Ilmni chuqur egallashning yoʻli esa bitta – kitob oʻqishdir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mutolaa haqida fikr bildirib, jumladan, shunday degandi: “... hammamiz uchun ayni paytda juda muhim ahamiyatga ega boʻlgan masala, yaʼni kitobxonlikni keng yoyish va yoshlarimizning kitobga boʻlgan muhabbatini, ularning maʼnaviy immunitetini yana-da oshirishga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqish vazifasi turibdi”. “Kitob — bilim manbai”, deymiz. Bu isbot talab qilmas haqiqat. Zero, inson bilimni asosan kitob orqali oladi, uning tarbiyasi ham kitob yordamida shakllanadi. Yoshlarimiz badiiy adabiyotlarni oʻqiganda, ularning dunyoqarashi kengayadi, hayotga munosabati oʻzgaradi. Joriy yilning 8 may sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari Yoshlar itiffoqida joylashgan "Lider" o'quv markaziga tashrif buyurishdi. Tashrifdan maqsad yosh kitobxonlarni kitobga bo'lgan mehrini oshirish, badiiy adabiyotlarni oʻqiganda, ularning dunyoqarashini kengaytirish, hayotga bo'lgan munosabatini oʻzgartirishdir. Kitob o'qiganda bolalarning faqatgina kitob oʻqib, bilimlarini boyitishi emas, balki tushunchalarini yozma ravishda ifodalay olish koʻnikmalari ham shakllanadi.
https://telegra.ph/Kitob--hayotni-yaratuvchi-murabbiydir-05-08