“Kitob — hayot yo'llarida do'stu tayanchimiz”.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi "O'zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishni yanada takomillashtirish to'g'risida"gi PQ 4354-sonli qarori ijrosini ta'minlash hamda 2022-2026 - yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan nazorat rejasining 72-maqsad: Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda "Kitobsevar millat" umummilliy g'oyasini ro'yobga chiqarishning 264-265 - bandlari bo'yicha chora-tadbirlar rejasi asosida joriy yilning 25-sentyabr kuni Jizzax viloyati Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Kitobsevar millat" shiori ostida tumanimizda joylashgan axborot-kutubxona markazida Tafakkur gulshani klubi a'zolari hamda kitobxonlar o'rtasida “Kitob — hayot yo'llarida do'stu tayanchimiz” mavzusida 60 maktab o'quvchilari bilan davra suhbati bo'lib o'tdi. Tafakkur gulshani klubi a'zolari X. Mirzayeva hamda F. Mamatqulovalar kelgan kitobxonlarni Tafakkur gulshani klubi a'zolari ro'yhatiga qo'shishdi. Davra suhbatida Tafakkur gulshani klubi a'zolariga kutubxonaga kelgan yangi adabiyotlar bilan tanishtirib otdilar.
https://telegra.ph/Kitob--hayot-yollarida-dostu-tayanchimiz-09-25