"Kitob hayot yo'lini yorituvchi murabbiydir"
Zomin tuman yoshlar bogʻida "Ozbekiston-kitobxonlar yurti" shiori ostida o'tkazilayotgan V Respublika "Kitobxonlik haftaligi" doirasida "Kitob hayot yo'lini yorituvchi murabbiydir" nomli kitob yarmarkasi tashkil etildi. Unda tumandagi bir qator mutasaddi tashkilotlar, taʼlim muassasalari, aholi va yoshlar ishtirokida boʻlib oʻtdi. Shuningdek aholini kitob mutolaasiga jalb qilish maqsadida AKM xodimlari tomonidan kitoblar koʻrgazmasi hamda yarmarka tashkil qilinib, koʻrgazmadagi yangi adabiyotlar haqida qisqacha sharhlar berib oʻtildi va aholiga oʻqish uchun kitoblar tavsiya etildi. Yarmarkaga 100 ga yaqin kitobxonlar jalb etildi