"Kitob bu - qalblarni yoritgan chiroq".
Jamiyatimizda kitobxonlikni rivojlantirish, ayniqsa yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirishda davlatimiz tomonidan alohida e ‘tibor berilib, ko‘plab samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan Prezidentimizning 2019 yil 7-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” gi 4354-sonli qarori jamiyatimizda kitobga bo‘lgan munosabatimizni ijobiy tomonga o‘zgarishiga zamin yaratdi. Jizzax viloyati Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tumanimizda joylashgan Yoshlar ittifoqi markazida "Kitob bu - qalblarni yoritgan chiroq" mavzusida kitob ko'rgazmasini tashkil qilindi. Bugungi o‘tkazilgan kitob ko'rgazmasi aholi va kitobxonlarda katta tassurot qoldirdi va ular tuman kutubxonasi haqida ijobiy fikrlar bildirdilar. Kitob mutolaasi kishini komillik sari yetaklaydigan, uning tafakkur xazinasini boyitadigan, zehnini o’tkir, mushohadasini teran qiladigan muhim vositadir. Insoniyat tomonidan kashf qilingan eng buyuk ixtiro, hech shubhasiz, kitobdir. Asrlar osha bashariyat qanday yutuq va marralarga erishgan bo’lsa, albatta, buning zamirida kitobga mehr, mutolaaga ishtiyoq mujassam.
https://telegra.ph/Kitob-bu---qalblarni-yoritgan-chiroq-06-24