"Kitob-bu inson orqali ko'riladigan dunyodir".
2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistoning taraqqiyot strategiyasini "Insonga etibor va sifatli ta'lim yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan nazorat rejasining 72-maqsad: Aholiga axborot -kutubxona xizmatini koʻrsatishni yanada rivojlantirish,kitobxonlikni keng targ'ib qilish hamda "Kitobsevar millat" umummilliy gʻoyasini roʻyobga chiqarishning 224-225-227 -bandlari boʻyicha chora-tadbirlar rejasi asosida axbbrot-kutubxona markazi mutaxassislari "Kindergarden" NMTT ga tashrif buyurishdi. "Kitob-bu inson orqali ko'riladigan dunyodir" mavzusida NMTT tarbiyalanuvchilari bilan birgalikda davra suhbati o'tkazildi. Necha ming yillardan buyon insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli bo‘lishining muhim omili – bu kitobga do‘st bo‘lish, va kitob o‘qishni kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi. Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi hodimlari bolajonlarga ertak kitoblardan turli xil ertaklar òqib berishdi.
https://telegra.ph/Kitob-bu-inson-orqali-koriladigan-dunyodir-05-08