“Kitob — bilim manbai” kitob ko'rgazma
Zomin tumani axborot-kutubxona markazi hodimlari joriy yilning 13 may sanasida Zomin tumanida joylashgan Mustaqillik hiyobonida yangi kelgan adabiyotlardan “Kitob — bilim manbai” mavzusida kitob ko'rgazmasi tashkil etildi. Zero, inson bilimni asosan kitob orqali oladi, uning tarbiyasi ham kitob yordamida shakllanadi. Yoshlarimiz badiiy adabiyotlarni oʻqiganda, ularning dunyoqarashi kengayadi, hayotga munosabati oʻzgaradi. Zero, kitob — qalb chirogʻi, tafakkur qanoti. Ayniqsa, kitobdan taraladigan va elektron nashrdan topib boʻlmaydigan oʻziga xos yoqimli hidni tuyib, varaqlash asnosida moʻjizaviy sahifalarning sirli shitirlashidan koʻngil cheksiz zavqqa toʻlgan holda kitob mutolaa qilish, uning mazmuni haqida tengdoshlar bilan fikr almashishning huzur-halovati tamoman oʻzgachadir. Kitob ko'rgazmada aholi va yosh kitobxonlar faol qatnashishdi.