“Kitob — bilim manbai” kitob ko'rgazma.
Zomin tumani axborot-kutubxona markazi hodimlari joriy yilning 30-avgust kuni kutubxonamizda yangi kelgan adabiyotlardan “Kitob — bilim manbai” mavzusida kitob ko'rgazmasi tashkil etildi. “Kitob — bilim manbai”, deymiz. Bu isbot talab qilmas haqiqat. Zero, inson bilimni asosan kitob orqali oladi, uning tarbiyasi ham kitob yordamida shakllanadi. Yoshlarimiz badiiy adabiyotlarni oʻqiganda, ularning dunyoqarashi kengayadi, hayotga munosabati oʻzgaradi. Zero, kitob — qalb chirogʻi, tafakkur qanoti. Ayniqsa, kitobdan taraladigan va elektron nashrdan topib boʻlmaydigan oʻziga xos yoqimli hidni tuyib, varaqlash asnosida moʻjizaviy sahifalarning sirli shitirlashidan koʻngil cheksiz zavqqa toʻlgan holda kitob mutolaa qilish, uning mazmuni haqida tengdoshlar bilan fikr almashishning huzur-halovati tamoman oʻzgachadir. Kitob ko'rgazmada aholi va yosh kitobxonlar faol qatnashishdi.