“Kitob bilim bulog'i-o'quvchining o'rtog'i”
Zomin tuman Axborot-kutubxona markaziga yosh kitobxonlar ishtirokida sayohat uyushtirilib, 34-sonli maktab o'quvchilari kutubxonaga tashrif buyurdilar.
Axborot-kutubxona markazi Abonomentlarga va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati xodimlari G.To'raqulova, X.Mirzayeva bolajonlarni kutubxona fondi bilan tanishtirdilar, ularni qiziqtirgan kitoblardan ma'lumotlar berdilar.
Bolajonlar bilan “Kitob bilim bulog'i-o'quvchining o'rtog'i” deb nomlangan davra suhbati ham tashkil etildi. Davra suhbat davomida yosh kitobxonlarning o'qituvchilari o'zlari o'qigan kitoblari haqida so’zlab, yod olgan she'rlaridan aytib berdilar.
Kutubxona bo’ylab tashkil etilgan sayohatdan o'quvchilar mamnun bo’ldilar.
https://telegra.ph/Kitob-bilim-bulogi-oquvchining-ortogi-09-16