“Kitob bilim bulog'i o'quvchining o'rtog'i”
Yoz fasli maktab o‘quvchilari uchun ta'til va maroqli xordiq payti. Bolalar orziqib kutgan ta’til boshlandi. Uni qayerda va qanday o‘tkazish haqida o‘quvchilar ota-onalari bilan allaqachon maslahatlashib olgan. Kimdir ta’tilni uyda, ota-onasiga yordam berib o‘tkazishni rejalashtirgan bo‘lsa, boshqa birov oromgohda hordiq chiqarmoqchi. Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari o‘quvchilarning yozgi ta’til kunlarini maroqli va mazmunli tashkil etish maqsadida “Kitob bilim bulog'i o'quvchining o'rtog'i” mavzusida kitob mutaolasi tashkil etishdi. Zomin Axborot-kutubxona markazi xodimlari o'quvchilarni ta’til vaqtlarida kitob mutolaa qilishlari uchun qulay muhit yaratish maqsadida 15 maktab ko'chma kutubxonasi xodimlari faoliyat ko‘rsatishdi. Ular turli nomdagi o‘zbek va jahon bolalar adabiyotlarini tanlab olib, bolalarga tavsiya qildilar.
https://telegra.ph/Kitob-bilim-bulogi-oquvchining-ortogi-06-22