“Kitob – beminnat ustoz, bilim va maʼnaviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”.
Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, “Kitob – beminnat ustoz, bilim va maʼnaviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”.
Xalqimiz tilida kitob oʻqib bilim va munosib tarbiya olish, kasb-hunar oʻrganishning ahamiyatiga doir maqollar juda koʻp. Jumladan, “Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Bilim – aql chirogʻi”, “Goʻzallik – ilmu maʼrifatda”. Bunday hikmatli naqllarni yana uzoq davom ettirish mumkin. Shu jumladan joriy yilning 1 aprel sanasida axborot-kutubxona markazi hodimlari Zomin tumanida joylashgan "12-son Bolalar musiqa va san'at maktabi"ga tashrif buyurishdi. "12-son Bolalar musiqa va san'at maktabi" kitobxonlariga kutubxona haqida va kutubxonada joylashgan kitoblar, gazetalar va jurnallar haqida kutubxona hodimlari ma'lumotlar berib o'tdilar. Necha ming yillardan buyon insonlarga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli boʻlishining muhim omili – bu kitobga doʻst boʻlish, va kitob oʻqishni kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida oʻrni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuygʻularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi.
Donishmandlardan biriga: “Inson kitob oʻqish orqali saodatga erishishi mumkinmi?”deb savol berishganda, u: “Kitob oʻqishning oʻzi saodatdir”, deya javob bergan ekan. Farzandlarimizga ana shu saodatni tilaymiz. Avvalo kitob mutolaasi haqida ikki ogʻiz soʻz. Inson kitob oʻqiyotgan kishini dunyoni idrok etayotgan, qalbiga nazar tashlab oʻzligini anglayotgan, umuman aytganda, ezgulik qasrining eshigini ohista qoqayotgan odamga oʻxshatamiz.