“Kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”.
Necha ming yillardan buyon insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli bo‘lishining muhim omili – bu kitobga do‘st bo‘lish va kitob o‘qishni kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi. Jumladan Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Zomin tuman Kengashining iqtidorli kitobxonlari uchun ular tomonidan talab qilingan "Kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai" nomli kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi.