"Kitob-bebaho va ma'naviy meros".
Zomin tuman Axborot- kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistoning taraqqiyot strategiyasini "Insonga e`tibor va sifatli ta`lim yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan nazorat rejasining 72-maqsad: Aholiga axborot -kutubxona xizmatini koʻrsatishni yanada rivojlantirish,kitobxonlikni keng targ'ib qilish hamda "Kitobsevar millat" umummilliy gʻoyasini roʻyobga chiqarishning 224-225-227 -bandlari boʻyicha chora-tadbirlar rejasi asosida Axborot-kutubxona mutaxassislari I.Alibekova va Z.To'rayevalar "Kitob-bebaho va ma'naviy meros" mavzusida 15 umumta'lim maktabida joylashgan Zomin tuman axborot-kutubxona markazining "Ko'chma kutubxona" mutahassislari tomonidan ko'chma kutubxonaga yosh kitobxonlarimiz uchun sayohat uyushtirdi. Sayohatdan asosiy maqsad yosh kitobxonlarning bilim saviyasi va insonlar bilan xushmuomala bo'lishlarini ta'minlash, bolajonlarning ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg'usini shakllantirishdir.Haqiqatan ham, kitob o'qigan har bir bola kelajakda, qaysi sohada ishlamasin, teran fikrlash, oqu qorani ajratish, murakkab vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish ko'nikmasiga ega bo‘ladi.