"Kitob -aql va qalb mevasidir"
Zomin tumani axborot kutubxona markazi mahalla hotin qizlari, shoir va ijodkor yoshlar bilan davra suhbati bolib òtdi. Tadbitda Òzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi shoir Shodmonqulov Abduģaffor òz ijod na'munalaridan òqib eshittirdi.
Qatnashchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga shoirdan samimiy javoblar va shu bilan birga kitob bilan doimo doʻst tutunib, uni kanda qilmay mutoala qilishni, kitob oʻquvchilarni maʼnaviy dunyosini yorituvchi, ilmga chorlovchi moʻjiza ekanligi haqida tavsiyalar oldilar. Zero, shoir aytganlaridek, " Kitob — aql va qalb mevasidir”. Davra suhbati davomida tadbir ishtirokchilari ta'lim va ilm-fan sohasi rivojiga qo'shayotgani salmoqli hissasi hamda mamlakatimizda xotin-qizlarga berilayotgan yuksak e'tibor, yaratilgan shart-sharoitlar, keng imkoniyatlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdilar.