Kitob - aql qayrog'i
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi N.Jo'rayeva hamda Fondlarni to'ldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmati mutaxassisi M.Umarovalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 14/1-1466 XFU topshirig‘i ijrosi, "Yozgi ta'tilda yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sportni ommalashtirishga qaratilgan chora tadbirlar rejasi"ning 2 -bo'limi 34-35-36 bandlari ijrosini bajarish maqsadida "Kitob - aql qayrog'i" mavzusida O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Zomin tuman Kengashida tashkil etilgan o'quv kurslarida ishtirok etuvchi bolajonlarga yangi adabiyotlar kitob ko'rgazmasi tashkil etildi. Yozgi ta'til vaqtlarini mazmunli o'tkazishlari uchun kutubxonaga a'zo bo'lish tartibi haqida ma'lumot berib o'tildi. Ularni qiziqtirgan badiiy adabiyotlar haqida ma'lumotlar berildi.