Kitob – aql charxi va qalb sayohati
#Sayohat_2025_Tafakkur_gulshani_kitobxon_klubi
Kitob – aql charxi va qalb sayohati
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Zomin tuman uyushmagan yoshlar ishtirokida kutubxonaga sayohat uyushtirildi. Tadbir davomida ishtirokchilar kutubxona faoliyati, undagi yangi adabiyotlar va kitobxonlarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Kitobning inson hayotidagi ahamiyati, mutolaaga mehr uyg‘otish hamda yoshlar ongini boyitish borasida fikrlar bildirildi. Darhaqiqat, kitob – zerikishga qarshi eng yaxshi dori, aqlni charxlaydigan mashq va sarguzashtlarga to‘la eng arzon sayohatdir. Kutubxona jamoasi barcha kitobsevarlarni mutolaaga chorlaydi: biz bilan birga kitoblarning ajoyib olamiga qadam qo‘ying va hayotingizga yangi ranglar qo‘shing!