KICHKINTOYLAR EHTIROMI 9 may – Xotira va Qadrlash kuni
Har yili yurtimizda 9 may – Xotira va Qadrlash kuni keng nishonlanadi. Bu sana el-yurt xizmatida fidokorona mehnat qilgan, hayotini Vatan taraqqiyoti va yosh avlod tarbiyasiga bag‘ishlagan insonlarga chuqur hurmat ifodasidir.
Shu munosabat bilan Zomin tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Zomin tuman bo'lunmasi hamda Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hamkorlikda tuman markazidagi "G'alaba bog'i" yodgorlik majmuasi va Xotira maydonga sayohat tashkil etildi.