"Kichik tanaffus"
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati xodimlari tomonidan kitobxon yoshlar ishtirokida "Kichik tanaffus" deb nomlangan psixologik savolnoma oʻtkazildi. Unda oʻquvchilarning topqirligi, bilim salohiyati va tezkor fikr bildira olish qobiliyati sinovdan oʻtkazildi. Savolnoma yakunida ishtirokchilar orasidan Yunusova Iroda oʻzining topqirligi bilan oʻz tengdoshlari orasidan eng yuqori natijani koʻrsatib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi hamda maxsus sovgʻaga ega boʻldi. Ushbu psixologik oʻyin barchaga birdek manzur boʻldi.