Kasaba uyushmasi
Zomin tuman axborot kutubxona markazi Jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2020-yil fevraldan 2025-yil fevralgacha bo‘lgan davr mobaynidagi faoliyati taxlili, kasaba uyushmasi raisi va qo‘mita a’zolarini saylash, taftish komissiyasi saylash bo‘yicha umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari Respublika kengashining Jizzax viloyati bo‘yicha kuratori N.Gayirova zoom orqali qatnashdi. Yig‘ilishda xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.