Jasoratlar qalblarda mangu qoladi
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Zomin tuman bo'linmasi, Zomin tuman "Nuroniylar" jamg'armasi, Zomin tuman "Mahallalar uyushmasi" va Zomin tumani Chorvador qishlog'i 11-maktabi, Zomin tuman axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda 9-May Xotira va qadralsh kuni munosabati bilan “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri tashkil etildi.
Faxriylar yoshlarga o‘z hayotiy tajribalari, mehnat yo‘llari, yurtimiz tinchligi va ravnaqi yo‘lida qilgan xizmatlari haqida so‘zlab berdilar.
Mazkur uchrashuv yoshlarda vatanparvarlik, o‘zlikni anglash, yurt tarixiga va faxriylarimizga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.
Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar jamiyatda avlodlar davomiyligi va o‘zaro hurmatni yanada mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.