"Jamila" Ch.Aytmatov.
Kitob – insonning yaqin do`sti, suhbatdoshi, sirdoshi. U kishining dunyoqarashini, so`z boyligini oshiradi. Amerikalik olim, yozuvchi Nil Geyman olib borgan tadqiqot natijasi shuni ko`rsatdiki, kitob mutolaa qilmaydigan bolalar kelajakda bezori bo`lib ulg`ayishi ehtimoli yuqori ekan. Shu bilan birga, kitob o'qish odamlarni empatiyaga – faqat o`z xohish-istaklari va manfaatlarini o`ylashdan voz kechib, umumiy maqsad yolida birlashishga undaydi. Joriy yilning 8-sentyabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi o`quv zalida axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan buyuk qirg'iz yozuvchisi Chingiz Aytmatovning ko'plab yozgan asar va romànlariga bag'shlangan kitob ko'rgazmasi tashkil etildi.