"Jahon astronomiya va geografiya fani olimi".
Abu Rayxon Beruniy ulug‘ o‘zbek mutafakkir olimi, o‘rta asrning buyuk daholaridan. O‘z zamonasining hamma fanlarini, birinchi navbatda falakiyot, fizika, riyoziyo, ma’danshunoslik fanlarini puxta egallagan. Beruniy fanning hamma sohalarida samarali ijod qilgan edi. Beruniyning ilmiy ish sohasidagi zo‘r qobiliyati uning ko‘pchilik zamondoshlari va keyingi olimlar tomonidan e’tirof etilgan. U qoldirgan ilmiy meros 152 kitob va risoladan iborat. Joriy yilning 4-sentyabr kuni Zomin tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan Abu Rayxon Beruniy tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan 75-maktab o'quvchilari o'rtasida "Jahon astronomiya va geografiya fani olimi" mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Davra suhbatida Abu Rayxon Beruniyning hayoti va ijodi, bosib o'tgan yo'llari, amalga oshirgan ishlari haqida mutaxassislarimiz tomonidan aytib o'tdilar. Davra suhbati o'quvchilar o'rtasida qiziqarli va mazmunli bo'ldi.
https://telegra.ph/Jahon-astronomiya-va-geografiya-fani-olimi-09-05