JAHOLATGA QARSHI – MA’RIFAT.
Ilmsiz taraqqiyot bo‘lmaydi – jaholat saodatmand etmaydi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Jaholatga qarshi – ma’rifat”ni qurol qilgan ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan boy ma’naviy meros o‘ziga xos najot qal’asi, himoya qo‘rg‘oni vazifasini o‘taydi. Shu bois ushbu ulug‘vor qadriyat barcha olimu fuzalolar tomonidan ulug‘langan, muqaddas va mo‘tabar kitoblarda yuksak ne’mat sifatida e’tirof etilgan. Shu jumladan Zomin axborot-kutubxona markazi binosida "JAHOLATGA QARSHI – MA’RIFAT" mavzusida Zomin tuman Diniy masalalar bo'yicha hokim maslahatchisi Abilov Anvar Qurbonboyevich kutubxona xodimlari o'rtasida davra suhbati o'tkazildi. Suhbatlar jaryonida, hozirgi kunda yoshlarimizni o‘zlarini puch g‘oyalari bilan zaxarlashga qilinayotgan xarakatlar barchamizni tashvishga solayotganligi, оqibatda esa bunday mafkuraviy xurujlar natijasida ba’zilar o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurtidan, ota-onasidan tonib, unga xiyonat qilayotganliklari, vatanparvarlik tuyg‘ularidan maxrum bo‘lib, insoniylik tabiatidan ham chiqib qolganini o‘zlari tushunmayotganliklari to‘g‘risidagi videoroliklar namoyish etildi. Inson yaralibdiki, yaxshilik sari intilishga, yaxshi amallari bilan insonlar ko‘nglidan joy olishga harakat qiladi. Albatta, ba’zida esa xotirjamlik va saxovatni ham sog‘inib qoladi. Ko‘p narsalarni o‘rganadi. Muhimi, o‘rganishlari ichida asosiysi ilm bo‘lib qoladi. Ma’rifatli, saodatli bo‘lib, jaholatga qarshi o‘z ilmi bilan kurashganlar oramizda minglab topiladi. Muxtasar qilib aytganda, yoshlarimizning ma’naviy olamida bo‘shlik bo‘lmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, kitobga bo'lgan qiziqishini oshirish, muhabbat milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini yoshlik paytidan boshlab shakllantirib borish zarur. Davra suhbati qiziqarli va ma'zmunli savol javoblarga boy tarizda o'tkazildi.