"Jadidlar milliy o'zlik istiqlol va davlatchilik g'oyasi asoschilari"
"Turma – yugur, Tinma – tirish, Bukilma – yuksal" shiori ostida joriy yilning 22-may kuni Zomin TAKM da 1-umumiy o'rta ta'lim maktabining faol kitobxonlari va kitobxonlar klubi a'zolari ishtirokida "Jadidlar milliy o'zlik istiqlol va davlatchilik g'oyasi asoschilari"mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Dastlab TAKM xodimlari tomonidan jadidchilik harakati namoyondalari haqida va ularning hayoti, ijodi haqida ma'lumotlar berildi. Shundan soʻng Abdurauf Fitrat, Behbudiy va boshqa jadid namoyondalarining hayoti haqida savol-javoblar tashkil qilindi. Davra suhbati bahs munozaraga boy bo'lib 22 nafar ishtirokchi faol qatnashdi.