“Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida davra suhbati va kitoblar ko'rgazmasi
#tadbirlar_2026
17-sentyabr sanasida Shohrux nomidagi Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 78-umumiy o'rta ta'lim maktabi bilan hamkorlikda qotog'on qurbonlarini yod etish maqsadida “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida davra suhbati va kitoblar ko'rgazmasi tashkil qilindi.Davra suhbatida yig'ilganlarga qotog'on qurbonlarining ayanchli qismatlari va vatan oldidagi burchlarini bajarganligi ular bizga ozod,mustaqil vatan qoldirganligi haqida so'zlab berildi.Shundan so'ng kutubxonachi ko'rgazmaga qo'yilgan kitoblar bilan yaqindan tanishtirib o'tdi.Davra suhbatida ishtirok etayotganlar qatog'on qurbonlari haqida anchagina ma'lumotga ega bo`ldilar.Davra suhbatida 10 ta ishtirokchi qatnashdi.