“Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari”
Jizzax viloyati Zomin tumani axborot-kutubxona markazi 1- maktab kòchma kutubxonasi Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy aytganlaridek, “Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadigan oynai hayoti – til va adabiyotidir. Milliy tilni yo‘qotmoq millatning ruhini yo‘qotmoqdir” mavzusida tadbir bo'lib òtdi.
Jadidchilik yoki jadidizm (arabcha: جديد jadīd — yangi) — XIX asr oxiri XX asr boshida Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy, maʼrifiy harakatdir. Jadidchilik dastlab, XIX asrning 80-yillarida Qrimda vujudga keldi. XIX asrning 90-yillaridan Oʻrta Osiyoda tarqaldi.
Jadidchilik avval madaniyat sohasidagi harakat sifatida faoliyat yuritgan. Bu oqim vakillari taraqqiyot uchun kurashish, turkiy tillarni rivojlantirish, shu tillardagi adabiyotni boyitish, dunyoviy ilmlarni oʻrganish, fan yutuqlaridan foydalanish hamda ayollar va erkaklar tengligi uchun kurashishga chaqirishgan.
https://telegra.ph/Jadidlar-milliy-ozlik-istiqlol-va-davlatchilik-goyalari-08-12