“JADIDLAR MILLATNING YURAGIDA YASHAYDI”
Joriy yilning 2-oktabr sanasida
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Ideal" o'quv markazi o'quvchilari ishtirokida “JADIDLAR MILLATNING YURAGIDA YASHAYDI” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida jadidlarning ma’rifatparvarlik harakatlari to‘g‘risida fikr yuritildi hamda respublikamizda chop etilayotgan “Jadid” gazetasi faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Shuningdek AKM fondiga olingan yangi adabiyotlar targ‘iboti o‘tkazildi.